Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bundan buyon qurilishga salohiyatli developerlarni jalb qilish maqsadida ko‘p qavatli uy qurish uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotilishini ma’lum qildi. Jismoniy shaxslar bu maqsadda so‘nggi 3 yilda sotib olgan yerlarning aksariyatida qurilish boshlanmagan.
DXX Toshkent viloyatining Toshkent, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlari hamda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlarni aniqladi. Bunda fuqarolardan 50 mingdan 100 ming dollargacha pul so‘ralgan.
DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Ulardan birida samarqandlik shaxs mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yerni $159 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aytildi.
Qoraqalpog‘istonda fermer mansabdor tanishlari orqali jami 620 gektar yerni $400 mingga fuqaro nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani, pulning yarmini olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Shuningdek, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.
Qashqadaryoda ota o‘g‘lining nomidagi xususiy korxonaning 30 sotix yerini 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Samarqand va Sirdaryoda ham fuqarolar xo‘jalik yerini noqonuniy sotayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Hozirda holatlar bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
Sirdaryoda 2 fuqaro viloyat hokimligi bayonnomasi asosida vaqtinchalik foydalanish uchun berilgan 5 gektar yerni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. Ular xaridordan oldingan kelishigan 20 ming dollarni olayotganda ushlandi.
Surxondaryoning Denov tumanida yashovchi fermer xo‘jaligi raisi tasarrufida bo‘lgan 1 gektar yerni boshqa fuqaroga 100 ming dollar evaziga sotishga kelishib, oldindan 20 ming dollar olganda qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ikki fuqaro yerni noqonuniy sotishga uringan vaqtda gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Shuningdek, Samarqand, Olmaliq va Marhamatda ham yerni g‘ayriqonuniy ravishda sotishga urinish aniqlandi.
Yangiyo‘lda 32 sotix yerni $29 ming evaziga sotishda gumonlanayotgan shaxslar aniqlandi. Ulardan biri tuman Kadastlar palatasi muxandisi ekanligi aytilmoqda. Andijonda esa fuqaro 3,5 gektar yerni auksionda yutib berishni va’da qilib, $1000 olganda ushlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari ko‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting